Tarih: 17.11.2025 14:12

O‘zbekiston Prezidenti Turkmaniston Prezidentini samimiy kuzatib qo‘ydi

Facebook Twitter Linked-in

Samarali O'zbekiston – Turkmaniston sammiti yakunlandi.

Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov tor va kengaytirilgan tarkibda muzokara o'tkazib, O'zbekiston – Turkmaniston do'stlik, yaxshi qo'shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

Davlat rahbarlari ishtirokida "Shovot-Toshhovuz" qo'shma chegaraoldi savdo zonasi ishga tushirildi.

Mamlakatimiz yetakchisi Prezident Serdar Berdimuhamedovga "Oliy Darajali Do'stlik" ordenini tantanali ravishda topshirdi.

Prezidentlar Qo'shma bayonotni imzolab, ommaviy axborot vositalari vakillariga muzokaralar yakunlari to'g'risida so'zlab berdilar.

Turkmaniston Prezidenti Toshkentga tashrifi doirasida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ham ishtirok etdi.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Serdar Berdimuhamedovni "Toshkent-Xumo" xalqaro aeroportida kuzatib qo'ydi.




Orjinal Habere Git
— HABER SONU —